Toshkentda uch nafar hokimga rag‘bat, uch nafariga esa jazo...

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli qarori bilan poytaxtdagi bir qator tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlari hamda sektorlar rahbarlari rahbatlantirildi. Ayrim tumanlarniki esa, aksincha, jazoga tortildi.
Shaharda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalariga muvofiq «yaxshi» baholangan Mirobod tumani hokimi Po‘latov Shuhrat Abdujabborovich, Bektemir tumani hokimi Mahamadziyayev Tapil Ravshanovich va Yangihayot tumani hokimi Inog‘omov Hayot Ilyasovich, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlari maoshiga 30 foiz ustamalar tegishli mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manba mablag‘lari hisobidan belgilandi.
Shuningdek, shaharda «qoniqarsiz» baholangan Shayxontohur tumani hokimi To‘xtayev Abduqahhor Hasanovich, Uchtepa tumani hokimi Abdullayev Farhod Ravshanovich va Sergeli tumani hokimi Shukurov Elbek Habibullayevich, ularning o‘rinbosarlari hamda sektor rahbarlariga nisbatan — oylik ish haqidan 30 foiz jarima jazosi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter