Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘zbek-turk tibbiyot forumi o‘tkaziladi

Toshkentda o‘zbek-turk tibbiyot forumi o‘tkaziladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning Istanbul shahrida 12-14 fevral kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashayotgan mazkur yig‘ilishda unda sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlarning tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish, bu borada nazorat tuzilmasi, monitoring va baholash mexanizmini yaratish, o‘zaro tajriba almashish va muloqotlarni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Gruziya, Armaniston va Turkmaniston sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi. Muloqotlarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Alisher Shadmanovning Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» imzolandi. Muloqot jarayonida Toshkentda o‘zbek-turk tibbiyot forumini o‘tkazishga kelishib olindi. 

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida nafaqat Toshkentda balki, viloyatlarda ham zamonaviy tibbiyot klinikalarini tashkil etish, mutaxassislarning o‘zaro malaka oshirishi, O‘zbekistonda vaksinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring