Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Kanada viza markazi ochilishi mumkin

Toshkentda Kanada viza markazi ochilishi mumkin

Kecha, 31 may kuni tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Elison Meri Leklerni qabul qilgan.

O‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tomonlar Toshkent shahrida Kanada viza markazini ochish masalasini o‘rganishga kelishib olganlar.

Shuningdek, uchrashuvda ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilingan. Tomonlar O‘zbekistonda ushbu mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, iqtisodiyotning turli sohalarida birgalikda kadrlar tayyorlash masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirganlar.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring