«Toshkent» xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun maxsus inshoot qurilishi boshlandi
![«Toshkent» xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun maxsus inshoot qurilishi boshlandi](https://static.xabaruz.com/crop/9/9/720_460_95_995931306.jpg)
«Toshkent» xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi.
Rejalashtirilgan ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rnida quriladi. Qurilish ishlari mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Qurilish ishlari munosabati bilan terminal oldidagi to‘siqdan yashil hududgacha bo‘lgan hudud banner bilan o‘rab qo‘yilgan. Yo‘lovchilarning shaharga chiqishi vaqtincha P2 avtoturargohi orqali (ketish va kelish terminallari o‘rtasida) amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter