Toshkent viloyatining yana qator hududlariga radarlar o‘rnatildi
Toshkent viloyati hududida piyodalar, yosh bolalar bilan bog‘liq hamda boshqa turdagi og‘ir oqibatli yul transport hodisalarini kamaytirish, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida «Bektemir - Chorbog‘», «Yangibozor - Parkent», «Toshkent - Olmaliq» avtomobil yo‘llarining bir necha nuqtasida yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnikalari o‘rnatildi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu maxsus avtomatlashtirilgan radar bugungi kun talablariga to‘liq javob bera oladi. U belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanayotgan avtoulov tezligini qayd etib, shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha dalolatnomani rasmiylashtirilib, foto tasvir ilova qilingan holda avtoulov egasining yashash manziliga jo‘natiladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasiga ko‘ra, 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter