Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida shu yilning o‘zida 62 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Toshkent viloyatida shu yilning o‘zida 62 ta ko‘p qavatli uy quriladi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahridagi «Mustaqillikning 27 yilligi» massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bekobodda 90 mingdan ziyod aholi yashaydi. Aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida shaharda beshta yetti qavatli uy qurib bitkazilmoqda. Davlatimiz rahbari taklifi bilan «Mustaqillikning 27 yilligi massivi» deb nomlangan mazkur yangi mavzeda odamlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Uylarni qurishda eng zamonaviy materiallardan foydalanilmoqda, xonadonlarga energiya tejamkor isitish qozonlari o‘rnatilmoqda.  

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezidentimiz shu yerda shahar aholisi bilan muloqot qildi. O‘zbekiston metallurgiya kombinatida va Bekobod shahrida yangi korxonalar ishga tushirilib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratilgani, qurilayotgan uy-joylar va ijtimoiy ob’yektlar odamlar turmush darajasini oshirgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari joriy yilda Olmaliq, Yangiyo‘l, Bekobod, Nurafshon shaharlarida 2604 xonadondan iborat 62 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilishini ma’lum qildi.

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Shu yerda Ohangaron shahridagi Amir Temur ko‘chasini rekonstruksiya qilish, Yuqorichirchiq, O‘rtachirchiq va Ohangaron tumanlarida namunaviy uylar qurish, viloyatda ichimlik suv tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring