Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi
![Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_259372875.jpg)
Bobojonov Jamshid Hakimovich – Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
J.Bobojonov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, «Milliy PR markazi» DUK direktori lavozimida mehnat qilayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter