Toshkent va Andijonda gaz o‘g‘irlagan mas’ullar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “A-A.” NTM mas’ul shaxslari muassasaning 3 ta isitish qozonini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 116 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.O.” MChJ rahbari S.X. va boshqalar umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 103,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter