Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahrining yangi brendi tasdiqlandi

Toshkent shahrining yangi brendi tasdiqlandi

Foto:«Tashkentnews.uz»

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi Qaror orqali poytaxt brendi (logotipi)ni tasdiqladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shaharning ochiq turgan oltin darvozalari va moviy osmoni bilan birgalikda  «T» harfini ifodalagan ramz eng maqbul deb topilgan.

Yangi logotipdan O‘zbekiston va xorijda o‘tkaziladigan turistik ko‘rgazma hamda savdo yarmarkalarida, turistik ob’yektlarda, xarita, bosma va elektron nashrlarda; sayyohlar uchun mo‘ljallangan esdalik sovg‘alari, libos boshqa mahsulotlarda, shuningdek Toshkent shahri turizmiga bag‘ishlangan reklama, videorolik, ko‘rsatuvlarda foydalanish mumkin.

Foto:«Tashkentnews.uz»

Poytaxt brendini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov o‘tgan yili kuzda e’lon qilingan bo‘lib, unga tayyorgarlik ishlari iyulda boshlangan. Tanlov hay’ati a’zolari tarkibida Jamoatchilik kengashi vakillari, marketing, brending, dizayn sohasida O‘zbekiston, Rossiya, Yevropa hamda Osiyo mamlakatlarida yetuk tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar faoliyat olib borishdi.

«Ochiq darvozalar tasviri orqali shaharning mehmondo‘stligi hamda bag‘rikengligi, shuningdek moviy osmon tasviri ramzi vositasida esa farovon va osoyishta hayot mohiyati singdirilgan. Belgining asosiy jihati shundaki, uni turli holatga moslashtirib qo‘yish, mavzu jihatdan bezak, tasvir va shaklga moslashtirish mumkin. Bu esa, uni shaharning turli joyi hamda tadbirlari – jamoat joylari, muzeylar, xizmat ko‘rsatish muassasalari, transport, ko‘rgazma, madaniyat tadbirlarida o‘rnatish imkoniyatini beradi» deya ta’riflanadi logotip.

Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi shahar brendi to‘g‘risida unga qiziqqan shaxs va jurnalistlar uchun taqdimot o‘tkazishni rejalashtirgan. Tadbirda olib borilgan ushbu jarayon haqida ma’lumot beriladi. Shahar brendining taqdimoti videosi va infografikasining to‘liq taqdimoti uni to‘liq yuklab olish uchun saytga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring