Toshkent shahri va viloyatining chegaralari o‘zgardi
![Toshkent shahri va viloyatining chegaralari o‘zgardi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3918945496.jpg)
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Toshkent viloyati va Toshkent shahri chegaralarining o‘zgarishi yuzasidan tegishli qarori ijrosi yuzasidan hududlarda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan hududlarda olib borilgan xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga jami 2107,4 ga yer, shundan 1002,6 ga qishloq xo‘jaligi yer maydoni hamda quyidagi ijtimoiy ob’yektlar o‘tkazilishi ta’minlangan:
- Mahallalar – 8 ta;
- Noturar joylar – 195 ta;
- Turar joylar – 5091 ta;
- Maktablar – 3 ta;
- Maktabgacha ta’lim muassasalari – 1 ta;
- Diniy muassasalar – 2 ta;
- Qabristonlar – 2 ta;
- Tibbiy muassasalar 1 ta;
Qibray tumanidan Yashnobod tumaniga o‘tayotgan aholining doimiy yashash manzili Toshkent shahri Yashnobod tumani etib belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter