Toshkent shahri va viloyatining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi
Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent aylanasi bo‘ylab qurilayotgan metro yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib qolgan, Xonabod ko‘chasidagi yuqori bosim D - 720 mm yer osti gaz quvurining yo‘nalishini o‘zgartirish hamda montaj ishlari tugatilganligi munosabati bilan harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari rejalashtirilmoqda.
Shu sababli, 2022 yil 31 yanvar kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati, Zangiota tumanida, Toshkent shahar, Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo‘ja, Qo‘yliq ovul, Badaxshon ko‘chalaridagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
«Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter