Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi dala-hovlisidan o‘g‘irlangan anjomlar egasiga qaytarildi
Shu yilning 21-yanvar kuniga o‘tar kechasi Qibray tuman Tuzel mahallasi, Temir yo‘lchi bog‘dorchilik uzumchilik shirkatidagi dala-hovlida yashovchi, Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi, 1961 yilda tug‘ilgan, M.T. ning dala-hovlisidan umumiy bahosi, 1.700.000 so‘m bo‘lgan «LG» rusumli televizor, DVD apparat, «YASIN» rusumli tyuner, «LOK» rusumli kompyuter monitori va 300.000 so‘m pullari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Toshkent viloyat ichki ishlar boshqarmasi «Xabar.uz»ga xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Yuqorichirchiq tuman, «Istiqlol» mahallasi, Maftun ko‘chasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, I.Y., shu ko‘chada yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan, N.Yu. va shu ko‘chaning raqamsiz uyida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, M.Yu. xonadon egalari yo‘qligidan foydalanib, eshikni buzib kirish orqali sodir etgani aniqlandi va ushlandi.
Daliliy ashyo sifatida «LG» rusumli televizori, DVD apparati, «YASIN» rusumli tyuneri va «LOK»rusumli kompyuter monitori olingan.
Tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter