To‘rtko‘llik tadbirkorning kredit olish bo‘yicha murojaati shu yerning o‘zida hal qilindi
To‘rtko‘llik tadbirkorning kredit olish bo‘yicha murojaati shu yerning o‘zida hal qilindi
O‘zLiDeP To‘rtko‘l tuman Kengashi tomonidan To‘rtko‘l industrial pedagogika kasb-hunar kollejida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda hudud aholisidan 12 ta murojaat kelib tushdi va 2 masala joyida hal etildi.
Jumladan, shu hududda yashovchi Odilbek Xusaynov o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida “nol” balansdagi bo‘sh turgan imoratlarni olib berishda yordam so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi direktori Sh.Saburov tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, tadbirkor Baxtiyor Seytimov ham o‘zining tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 4 foizlik 17 mln 200 ming so‘m miqdoridagi kreditni olishda amaliy yordam so‘rab murojaat etdi. Uning murojaati tijorat banki xodimlari tomonidan o‘rganilib, yaqin kunlarda hal etiladigan bo‘ldi.
Umuman, sayyor qabul davomida mahalla ahli o‘zlarini qiynab kelayotgan savollarga batafsil javob olishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter