Xabarlar tasdiqlandi: «temir Botir» Xorazmga ketdi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) direktori Botir Qudratxo‘jayev Xorazm viloyati prokurorligiga tayinlanishi mumkinligi haqidagi xabarlar rasman tasdiqlandi. Bugun u yangi lavozimda viloyat faollariga tanishtirildi. Tadbirda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev va viloyat hokimi Farhod Ermonov ishtirok etdi.
Harbiy prokuraturada suyagi qotgani uchun «temir Botir» deya nom orttirgan Qudratxo‘jayev 2017-yildan buyon Majburiy ijro byurosiga rahbarlik qilib kelayotgandi. Undan avval Surxondaryo va Toshkent shahri prokurori vazifalarida ishlagan. Adliya katta maslahatchisi rutbasiga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter