Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor sirdaryolik dehqonlar peshqadamlar safida

Tarixda ilk bor sirdaryolik dehqonlar peshqadamlar safida

Foto: «Asiaplustj.info»

Respublika tarixida ilk bor sirdaryolik dehqonlar davlatga paxta sotish shartnomaviy rejasini peshqadamlar safida bajardi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

«O‘tayotgan yilimiz dunyo xalqlari qatori viloyatimiz xalqini ham og‘ir sinovlardan o‘tkazdi. Koronavirus balosi, may oyida Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan texnogen hodisa dehqonlarimizni yanada ko‘proq mehnat qilishga undadi. Prezidentimizning viloyatimiz xalqiga alohida e’tiborlari, ko‘rsatgan yordamlari evaziga dalalarda mo‘l hosil yetishtirildi.

Terimning puxta tashkil etilganligi tufayli viloyatimizda jami 168 399 tonna paxta terib olinib, 18-oktyabr kuni respublikada uchinchi bo‘lib shartnomaviy reja 100,48 foizga bajarildi. Umumiy terilgan paxtaning 45 ming tonnasi mexanizatorlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayniqsa, yettita paxtachilik klasterining ulushi katta bo‘ldi. Xususan, «Bek klaster», «Poli teks Sirdaryo» va boshqa klasterlar yuqori hosil yetishtirib, paxtani yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmay terib olish choralarini ko‘rdilar.

Mirzaobod, Xovos, Boyovut, Sayxunobod va Sirdaryo tumani paxtakorlari viloyatning umumiy xirmoni yuksalishida o‘zining salmoqli hissalarini qo‘shdilar.

Hali dalalarimizda hosil mo‘l. Viloyatimiz dehqonlari quyoshli kunlarning har bir daqiqasini g‘animat bilib, yetishtirilgan hosilni oxirigacha yig‘ib-terib olishga bel bog‘laganlar. Ular kunlik terim topshirig‘ini susaytirmay, viloyatimiz oq-oltin xirmonini yanada yuksaltirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar», — deyiladi xabarda.

Avvalroq mirzaobodlik, xovoslik, boyovutlik va sirdaryolik paxtakorlar ham paxta rejasini bajarishganligi to‘g‘risida xabar tarqalgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring