Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxatini tasdiqladi

SSV yangilangan asosiy dori vositalari ro‘yxatini tasdiqladi

O‘zbekiston Respublikasining asosiy dori vositalari va tibbiy buyumlari ro‘yxatini tuzish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq ADVR O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan farmakoterapevtik tasniflash asosida shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxatdan:

  • tibbiyot muassasalarining ehtiyojini tahlil qilishda;
  • xaridlarni oqilona tashkil etish va dori vositalarini taqsimlashda;
  • xodimlarni uni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatishda;
  • mahalliy farmatsevtika korxonalari tomonidan asosiy dori vositalari ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishda;
  • asosiy dori vositalari mavjudligini monitoring qilish va narxini shakllantirishda foydalaniladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomi bilan dozasi va chiqarilgan shakli ko‘rsatilgan holda ADVRga kiritiladi.

Dori vositalari xalqaro patentlanmagan nomga ega bo‘lmagan taqdirda, uning o‘rnini bosuvchi nom yoki tarkib ko‘rsatiladi.

Yangi ro‘yxatda 65 guruhga mansub dori vositalari o‘rin egallagan. Batafsil bu manzilda tanishishingiz mumkin.

 

 

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring