Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sovuq davom etadimi? «O‘zgidromet»dan haftalik ob-havo ma’lumoti

Sovuq davom etadimi? «O‘zgidromet»dan haftalik ob-havo ma’lumoti

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya markazi boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Bu hafta O‘zbekistonning barcha hududlari sibir antitsikloni periferiyasi ta’siri ostida bo‘ladi, u Rossiyaning Uraldan Oxota dengizigacha bo‘lgan keng hududini o‘z ichiga qamrab oladi. Ushbu antitsiklonning periferiyasi Qozog‘iston orqali bizning hududimizga kirib keladi.

Shu munosabat bilan dekabr oyining oxirgi kunlari va yanvar oyining birinchi kunlari respublika bo‘yicha sovuq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Albatta, bizning mamlakatimizda Sibir va shimoliy Qozog‘iston hududlaridagi kabi sovuq kutilmaydi, lekin me’yordan 4-7 darajaga past bo‘lgan harorat hafta davomida saqlanib turadi.

Demak, biz yangi yilni yana qorsiz kutib olamizmi?

Bu savol har bir yangi yil arafasida paydo bo‘ladi. Odamlar ongida yangi yil bayramlari odatda qor bilan bog‘liq.

Biroq, O‘zbekiston aholisi, sayyoramizning boshqa janubiy hududlari singari, har doim ham Yangi yilni qor bilan kutib olishmaydi. Keyingi yillardagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda ushbu kunlarda yog‘ingarchilik 3-4 yilda o‘rtacha bir marta bo‘ladi. Biroq, bu yog‘ingarchiliklar har doim ham qor ko‘rinishida bo‘lmaydi. Yangi yil kechasida qor yog‘ishi yanada kam bo‘ladi.

Eng issiq Yangi yil bayramlari 2009-yildan 2010-yilga va 2015-yildan 2016-yilga o‘tishda kuzatilgan, bunda kunduzgi harorat 31-dekabrda va 1-yanvarda 18-19 daraja issiq bo‘lgan.

Yakshanba kuni 27-dekabrda yog‘ib o‘tgan qor bu yilgi so‘nggi qor edi, O‘zbekiston aholisi Yangi yilni qorsiz kutib oladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring