Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq erning taklifi sobiq xotinga ma’qul keldi

Sobiq erning taklifi sobiq xotinga ma’qul keldi

Foto: «Orenburzhie.ru»

O‘rtadagi uch nafar farzand ham ularning turmushi saqlanib qolishiga sabab bo‘lolmadi. Ajrashdilar.

O‘tgan to‘rt yil davomida farzandlar ta’minoti uchun aliment to‘lovidan muammo bo‘lgani yo‘q. Yaqinda sobiq er sobiq xotiniga taklif yubordiki, bolalar voyaga yetgunga yana 110 mln so‘m aliment to‘lar ekanman, shu pulni natura shaklida bersam nima deysiz?

Ayol rozi bo‘ldi. Natijada sobiq er aliment pulining qolgan miqdori hisobiga shahar markazidagi ikki xonali uyni xatlab berdi.

...Sobiq er-xotinning kimligi ahamiyatsiz. Voqelik Qo‘qonda bo‘lganini aytishning o‘zi kifoya. Zero, gap ular haqida emas, balki farzandlarning kafolatlangan moddiy ta’minoti xususida ketmoqda. Bu yog‘iga bolalarning taqdiri ota-onasi kabi kemtik bo‘lmasin, iloyim, deya duo qilish ortiqchalik qilmaydi.

Bu ma’lumot qayoqdan? Majburiy ijro byurosi (MIB)dan-da. MIBchilar aliment undirishdek turgan-bitgani g‘urbat ijro ishini yengil ko‘chganidan doim yengil tortishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring