Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qayiqda o‘qishga qatnagan qiz sport kollejiga qabul qilindi

Qayiqda o‘qishga qatnagan qiz sport kollejiga qabul qilindi

O‘tgan yili dekabr oyida Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashovchi maktab o‘quvchisi Zamira To‘ychiyeva maktabga qayiqda qatnashi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Uydan maktabgacha bo‘lgan 35 kilometrlik masofani har kuni qayiqda daryo orqali bosib o‘tuvchi Zamira endi yangi o‘quv yilini Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga ixtisoslashgan tayyorlov markazida boshlaydi.

Zamira endi u yerda akademik eshkak eshish yo‘nalishida tahsil oladi.

Bu haqida Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘quvchi endi u yerda yashash joyi va to‘rt mahal bepul ovqatga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring