Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi.

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xo‘jamov Bobur Alisher o‘g‘li – Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Avvalroq Sardoba tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzayev Akmal Arziyevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring