Sirdaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Boboyev Raximjon Maxamadjonovich Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
R.Boboyev bugunga qadar Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter