Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori 44 yoshida vafot etdi
![Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori 44 yoshida vafot etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/8/720_460_95_2876402805.jpg)
Sog‘liqni saqlash tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Tohir Musoyev 44 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
T. Musoyev 1979 yil 29 oktyabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Buxoro davlat tibbiyot institutida bakalavr va klinik ordinaturani tamomlagan. Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida «Yurak-tomir xirurgiyasi» mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturada tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Buxoro davlat tibbiyot institutida kafedra assistenti va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali II-xirurgiya bo‘limi vrach-ordinatori sifatida boshlagan.
Turli yillarda Buxoro davlat tibbiyot instituti katta o‘qituvchisi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori o‘rinbosari, mazkur tibbiyot muassasasi bosh shifokori kabi lavozimlarda ishlagan.
T. Musoyev 2020 yildan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori sifatida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter