Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi jonli efirda uzatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Shu bois xalqimiz uni katta qiziqish bilan kutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bu galgi Murojaatnomasi 29 dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda joriy yilda erishilgan natijalar, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar aytib o‘tiladi. Kelgusi yilga nom berilib, mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilanadi.
Davlatimiz rahbari bu gal ham ko‘plab takliflarni bildirishi kutilmoqda.
Ushbu nufuzli anjuman poxtamizdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tadi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter