Shavkat Mirziyoyevning muhim mavzudagi yig‘ilishi boshlandi
Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘tgan asrning 80-yillaridagidan ham yuqori darajalarda o‘sayotgani ta’kidlandi.
Xususan, mart oyida dunyo bo‘yicha oziq-ovqat narxlari 2021-yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi.
Ayniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bug‘doy narxi – 20 foiz, makkajo‘xori – 19 foiz, ozuqa donlari – 20 foiz va o‘simlik yog‘i – 23 foizga ko‘tarildi.
Joriy yilda yog‘ingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga ko‘paygani bilan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv ta’minoti bo‘yicha qiyinchiliklar bo‘ladi.
Jahon bozorida mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i narxlari 2 baravarga oshgani, albatta, klaster, fermer va dehqonlarning yetishtirayotgan mahsulotlarining tannarxiga hamda moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter