Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishini boshladi
Davlat rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Yig‘ilish avvalida Shavkat Mirziyoyev o‘tgan kuni aholini uy-joy va yashash manziliga yaqin joylarda ish bilan ta’minlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston» massivlarini barpo etish dasturi loyihasi muhokama qilingani, u qayta ko‘rib chiqilib, massivlar soni 29 tagacha ko‘paytirilganini ta’kidladi.
«Bugungi yig‘ilishda ipotekani kengaytirish va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olamiz.
Xabaringiz bor, bundan ikki yil oldin ipoteka tizimi tubdan isloh qilindi. Natijada sohaga sifat va raqobat kirib keldi, hududlarda zamonaviy arxitektura yechimlariga ega loyihalar paydo bo‘ldi.
Shu orqali ipoteka dasturlari doirasida yiliga 35 ming xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Bu oldingi yillarga nisbatan 2 baravar ko‘p», – dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter