Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev turizm markazi qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev turizm markazi qurilishi bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari «Silk road Samarkand» turizm markazi qurilishi bilan tanishdi

Bu ulkan majmua Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida barpo etilmoqda. Loyihaning qiymati 381 million dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda 8 ta mehmonxona, kongress xoll, «Abadiy shahar» karvonsaroyi qurilmoqda. Mehmonxonalarning ikkitasi 22 qavatli, besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi.

Bu yerda zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

- Bizda turistlar kelib tomosha qiladigan bino va obidalar ko‘p. Lekin xizmatlar turi kam, sifati past. Bu markazda ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilishi kerak. Turizm sohasida o‘qiyotgan talabalar shu yerga kelib, amaliyot o‘tashi zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz «Abadiy shahar» karvonsaroyini ham kirib ko‘rdi. Bu joy yurtimizning qadimiy shaharlarini eslatadi, xalqimizning memorlik an’analari, amaliy san’at turlari, milliy taomlar, qadimiy bozorlarimiz ko‘rinishini mujassam etadi.

- Bu yerda tariximiz, madaniyatimiz namoyon bo‘ladi, odamlar bolalari bilan kelib ko‘radi. Shuning uchun binolardagi bezaklar, ranglar me’yorida, milliyligimizga xos bo‘lishi kerak. Karvonsaroy hovlisida hunarmandlar rastasi tashkil qilish ham mumkin, - dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring