Shavkat Mirziyoyev muhim qonunga imzo chekdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi.
Mazkur qonun 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.
Qonun bilan davlat xizmatchilari tomonidan:
- yaqin qarindoshlikda bevosita bo‘ysunuv ostidagi lavozimni egallash;
- tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;
- o‘z xizmatini bajarishi evaziga fuqarolardan mukofot olish;
- O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochish;
- chet davlat fuqaroligini olish kabi holatlarga cheklov o‘rnatildi.
Shuningdek, hujjat bilan korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi va boshqalar belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter