Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda davlatimiz rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bo‘lib, Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring