Prezident 4 yil avval mudofaa vazirini nega ishdan olganini aytdi
![Prezident 4 yil avval mudofaa vazirini nega ishdan olganini aytdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1330216978.jpg)
Shavkat Mirziyoyev andijonlik saylovchilar bilan uchrashuvda 2017 yili mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni nega ishdan olganini aytib o‘tdi.
«Prezident bo‘lganimning ilk yilida bir harbiy qismga bordim, desantchi askarlar bilan suhbatlashdim. Qoida bo‘yicha desantlar tez-tez parashyutda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishi kerak. Lekin bir askardan «oxirgi 1 yilda necha marta parashyutdan sakragansan?» deb so‘rasam, «O‘rtoq bosh qo‘mondon, bir marta ham sakramadim, chunki parashyut yo‘q» deb aytdi. Bu sharmandalik-ku.
Yoki Kattaqo‘rg‘ondagi harbiy qismda tank haydashni bilmaydigan mexanikni ko‘rdim. Iya, bu qanaqasi? Shundan so‘ng mudofaa vaziri Qobul Berdiyevni ishdan oldim.
Mana endi joriy yilda ARMI-2021 tanlovida 42 mamlakatning armiyasi orasida 2-o‘rinni oldik. Tankchilarimiz o‘z yo‘nalishida 1-o‘rinni olishdi», — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter