Shahrisabz tumani markazi o‘zgaradi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Shahrisabz tumani markazini boshqa joyga ko‘chirish taklifini berdi.
— Shahrisabz tumani markazi haligacha Shahrisabz shahrida qolib ketdi. Bu tumanning rivojlanishini cheklamoqda.
Shuni inobatga olib, Shahrisabz tumani markazini Chorshanba shaharchasiga ko‘chirib, uni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish taklif etiladi, — dedi amaldagi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter