Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz shahar hokimligi o‘z binosini 674,7 mln so‘mga ta’mirlatmoqchi

Shahrisabz shahar hokimligi o‘z binosini 674,7 mln so‘mga ta’mirlatmoqchi

Shahrisabz shahar hokimligining binosi joriy ta’mirlanadi. Bu haqda shahar hokimi Akrom Sulaymonovning «Shahrisabz shahar mahalliy budjetining 2021 yil III chorak daromadlarining ortiqcha tushgan qismi hisobidan tegishli xarajatlar uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. 

Qayd etilishicha, hokimlik binosini joriy ta’mirlash uchun 674,7 mln so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Loyiha hujjati uchun 30,4 mln ajratilishi ham ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, hokimning bu qarori bilan saylov uchastkalariga ajratilgan mebel va jihozlash uchun 356,1 mln so‘m yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.

Qaror 2021-yil 10 noyabr kuni imzolangan.

Avvalroq, Qashqadaryoda 360 million so‘mga partiya binosi ta’mirlanishi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring