Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys amalga oshirildi

Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys amalga oshirildi

Foto: «President.uz»

29-yanvar kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Seuldan Urganchga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysgt amalga oshirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Koreyalik sayyohlar uchib kelgan mazkur reys Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat davomida mehmonlar Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlari, jumladan, Xiva shahrining ochiq muzeyiga borishlari, Xorazm taomlarini tatib ko‘rishlari, xalq hunarmandlarining ajoyib ijod namunalari bilan tanishishlari mumkin.

Bugun, 31-yanvar kuni ular Urganchdan Buxoroga jo‘nab ketishadi. U yerda ular o‘rta asrlar muhitiga tushib, jahonning mashhur «Sharq durdonasi» deb atalmish tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan tanishadilar. Mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan qo‘shimcha reyslar ham yo‘lga qo‘yildi.

Koreyalik mehmonlarning O‘zbekiston bo‘ylab sayohati 2 fevralga qadar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring