Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri fermerlar bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida ilg‘or fermerlar, to‘rtta sektorlar va qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, oqsoqollar, hududdagi sektorlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, fermerlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev raisligida 31 iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomarqasidan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi haqida so‘z yuritildi.
Bu yil viloyatda 3 ming 48 fermer xo‘jaligi 78 ming 500 gektardan ortiq maydonda g‘o‘za parvarishlamoqda. Ob-havo me’yoridan issiq kelayotgani bois sharbat usulida tungi sug‘orish, kultivatsiya, g‘o‘zani chilpish va boshqa dala yumushlarini sifatli tashkil etishga etibor qaratilmoqda. Biroq, ayrim hududlarda g‘o‘za parvarishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, ayrim sektor rahbarlari mas’uliyatni chuqur his etmayotir. G‘o‘za parvarishi uchun zarbdor pallada bu boradagi ishlarni sifatli bajarish hosilga hosil qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5 avgust kuni Denov tumanida Oltinsoy, Uzun, Denov va Sariosiyo tumanlari uchun, Jarqo‘rg‘on tumanida Sho‘rchi, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlari fermerlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter