Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat qo‘mitasi yig‘ilishi: mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilishi 4,5 baravarga oshgani qayd etildi

Senat qo‘mitasi yig‘ilishi: mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilishi 4,5 baravarga oshgani qayd etildi

27-sentyabr kuni Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Xususan, «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi, «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonunlar hamda mamlakatimizdagi avtomobil yo‘llari hamda sun’iy inshootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlashga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama markazida bo‘ldi.

Bundan tashqari, majlisda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Senatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2021 yilning birinchi yarimidagi ijrosi yuzasidan Moliya vazirligi mutasaddilarining axboroti eshitildi. 

Ta’kidlanganidek, hisobot davrida respublika iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sib, YaIM hajmi 318,5 trln. so‘mni tashkil etgan.

Iqtisodiy o‘sish sanoatda 8,5 foiz, qurilishda 0,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1,8 foiz hamda xizmatlarda 8,0 foizga ta’minlangan. Inflyasiya darajasi yil boshidan 4,4 foizni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 10,9 foizni tashkil etgan.

Majlisda Davlat budjeti ijrosi jarayonidagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga e’tibor qaratildi. Moliya vazirligi mutasaddilarining axboroti yuzasidan Oliy Majlis Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbsori Farhod Boqiyev, senator Farmon Toshev, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Jumladan, Davlat budjeti ijrosini ta’minlash, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishda ham ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Xususan, Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan o‘tkazilgan 3 480 ta nazorat tadbirlarida 372 mlrd. 700 mln. so‘mlik yoki o‘tgan yilga nisbatan 4,5 barobardan ko‘p mablag‘lar noqonuniy o‘zlashtirilganligi aniqlangan. Masalan, budjet intizomini buzish holatlari Maktabgacha ta’lim vazirligida tizimida 8,5 martaga, Xalq ta’limi vazirligi tizimita 3 martaga va Sog‘liq saqlash vazirligi tizimida 2,9 martaga oshgan.

Eng qizig‘i, moliyaviy xato va kamchiliklarning 55,0 mlrd. so‘mdan ortig‘ini amaldagi davlat xaridlariga oid qonunga rioya qilmaslik holatlari tashkil etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring