Senat go‘sht va kartoshka importiga oid qonunni ma’qulladi
21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan respublikada go‘sht mahsulotlari va asosiy iste’mol mahsuloti bo‘lmish kartoshkaga bo‘lgan talab va narxlar barqarorligini ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qo‘shimcha kiritilmoqda.
Xususan, Soliq kodeksining 483-moddasiga 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston hududiga olib kirish, shuningdek, ularni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish bo‘yicha qo‘shimcha norma kiritilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter