Semizlikning yangi xavfi ma’lum bo‘ldi
AQShning Massachusets shtatidagi umumiy klinik shifoxonaning tadqiqotchilari semizlik ko‘krak bezi saratonini muvaffaqiyatli davolashga to‘sqinlik qilishi mumkinligini aniqladilar. Bu haqda «EurekAlert!» nashri ma’lumotiga asoslanib «Lenta.ru» xabar bermoqda.
Ko‘krak bezi saratoniga chalingan bemorlarning deyarli 70 foizi ortiqcha vaznga ega. Natijada o‘smalarda yog‘ to‘qimalarining katta qismi to‘planadi. Bundan tashqari, semizlik yallig‘lanish va angiogen omillar darajasini oshishiga olib keladi. Bularning barchasi birgalikda qon tomirlarining endotelial o‘sish omili (VEGF) faoliyatini blokirovka qiladigan bevatsizumab preparatiga ta’sirchanlikni kamaytiradi. Mazkur preparat angiogenez va metastazlarning rivojlanishiga qarshi kurashish uchun ishlatiladi.
Tadqiqotchilar ko‘krak bezi saratoniga chalingan 99 nafar bemorda bevatsizumab terapiyasining samaradorligini tahlil qildilar. Dori faqatgina bemorlarning kichik bir qismida o‘z samarasini bergan. Tana vazni indeksi yuqori (25 dan ortiq) bo‘lganlarda o‘smalar 33 foiz ko‘p bo‘lgan.
O‘smalardagi yog‘ to‘qimasida ozroq qon tomirlari ham bo‘lib, bu preparatning o‘smalar ichiga singishini qiyinlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter