Podpolkovnik Farrux O‘ktamjonov Sayxunobod tumani hokimi bo‘ldi
Bugun, 25-noyabr kuni xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev ishtirok etdi.
Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Mirzaqulov Batirjon Kazakbayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Farrux O‘ktamjonov 1985-yilning 19-sentyabrida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter