Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlar yaratildi

Saylov uchastkalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur sharoitlar yaratildi

27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bemalol ishtirok etishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bu saylovlarda inklyuzivlikni ta’minlash uchun bir qator choralar ko‘rildi. Jumladan, 616 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi. Shuningdek, saylov komissiyalarida 1 343 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 832 ming nafar nogironligi bo‘lgan saylovchi mavjud, shulardan 105 ming nafari saylovda ishtirok etish uchun yordamga muhtoj. Shu maqsadda 16 mingga yaqin volontyor saylovchilarga yordam berish uchun jalb qilingan.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovda ishtiroki uchun zarur infratuzilma yaratildi. Ovoz berish xonalariga maxsus jihozlangan kabinalar o‘rnatildi, ko‘zi ojiz saylovchilar uchun optik lupalar bilan ta’minlangan saylov uchastkalari tashkil etildi. Barcha uchastkalar Brayl alifbosi asosidagi trafaretlar bilan ta’minlandi, binolarga panduslar va yordamga chaqirish tugmalari o‘rnatildi.

Shuningdek, saylovning barcha bosqichlarida saylov bilan bog‘liq axborotlar surdo tarjima, subtitrlar va Brayl alifbosi orqali yetkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring