Besh oy sarson bo‘lgan shifokorlarga aviabilet pullari qaytarildi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasiga Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.
Murojaatga ko‘ra, Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bir guruh shifokorlari Navoiy shahridagi «Omad Avia» MChJdan malaka almashish va hamkorlik o‘rnatish maqsadida joriy yilning aprel oyida Xindiston davlatiga 1 haftalik safarga borib kelish uchun 33 000 000 so‘m evaziga avia chipta sotib olgan. Biroq karantin sababli reyslar bekor qilingach, 2020-yil 1-iyuldan depozit vaucherlarini rasmiylashtirish orqali to‘lov qaytarilishi ta’kidlangan bo‘lsa-da, 5 oydan buyon pullarini ololmay ovora-yu sarson bo‘layotganligidan noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassilari o‘rganilib, iste’molchilarga umumiy hisobda 33 000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m miqdordagi mablag‘ egalariga qaytarilishiga erishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter