Sankt-Peterburgdagi kafeda O‘zbekiston fuqarosi jasadi topilgani rasman tasdiqlandi
Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 14 sentyabr kuni shahardagi ovqatlanish punktlaridan birining omborida O‘zbekiston fuqarosi B.X.ning jasadi topilgani to‘g‘risida qator OAVlar tarqatgan xabarni tasdiqladi. Politsiya o‘limga pichoqdan olingan jarohat sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi, Sankt-Peterburg shahrining tergov organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatdi hamda marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter