Samarqandlik deputatlar yo‘l belgilari va svetoforlar joylashuvini qaytadan ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda

Xalq depututlari Samarqand viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimizning 2017 yil 1 iyundagi “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining ishlab chiqarish va eksport masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Ilyos Haydarovning hisoboti tinglandi.
Hisobotda ta’kidlanganidek, bugungi kunda viloyatda 1730 gektar yer maydonlarida intensiv yong‘oq, pista va bodom plantatsiyalari barpo etilgan. Respublika miqyosida bu ko‘rsatkich 7000 gektarni tashkil etadi. Shu bois, bugun Jahon bankining 10,4 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari evaziga chet eldan hudud iqlim sharoitiga mos 1 million dona yong‘oq, pista va bodom ko‘chat navlari keltirib ekilmoqda.
Yig‘ilishda deputatlar tomonidan mazkur ko‘chatlarning kasallanishiga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar, ularni tomchilatib sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yishda uchrayotgan kamchiliklar o‘rganildi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda shuningdek, davlatimiz rahbarining 2017 yil 11 iyuldagi “Yo‘l xarakati xavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarma boshlig‘ining shaxsiy tarkib bo‘yicha o‘rinbosari Nurnazar Tilobovning hisoboti eshitildi.
O‘zLiDeP deputatlari tomonidan yo‘l belgilari va svetoforlar joylashuvini qaytadan ko‘rib chiqish, yo‘llarni kengaytirish, bozorlar oldidagi ko‘chalarni tartibga olish, yo‘l o‘tkazgichlar va yer osti yo‘llari qurilishi, ko‘chalarga vediokameralar o‘rnatish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter