Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaga boruvchilar uchun chegara punktlarida o‘zgarishlar bo‘ldi

Rossiyaga boruvchilar uchun chegara punktlarida o‘zgarishlar bo‘ldi

Rossiya davlat chegarasi o‘tish punktlarida davlat karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yilning 17-iyul kuni Rossiya bosh vaziri shu haqdagi qarorni imzolagan.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Rossiya chegarasini kesib o‘tayotgan shaxs bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg.dan ortiq bo‘lmagan sabzavot va mevalarni, har birida eng ko‘pi 15 dona gul va uchtadan ko‘p bo‘lmagan guldastani olib o‘tishi mumkin.

Mazkur tovarlardan katta miqdorda olib kirish uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi. Aks holda 2 kun ichida mahsulotlar qaytarib yuboriladi yoki egasi hisobidan yo‘q qilinadi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yangi qoidalar samolyot, poyezd va avtomobil yo‘lovchilariga ham taalluqli ekanini eslatgan. Mazkur cheklovlar transport tizimlari xodimlariga va pochta jo‘natmalariga ham tegishli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring