Rossiyada vafot etgan 17 o‘zbekistonlik jasadi O‘zbekistonga olib kelindi
Joriy yilning 20-aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar yurtdoshimizning jasadlari O‘zbekistonga olib kelindi.
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Vafot etganlarning jasadi Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil transporti orqali olib kelindi. Fuqarolarning jasadlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib o‘tilib, yashash manzillari bo‘yicha jo‘natildi.
Shuni qayd etish joizki, Rossiya Federatsiyasida vafot etganlarning birortasi koronavirus pandemiyasiga chalinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter