Rossiyada 23 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi
![Rossiyada 23 nafar o‘zbekistonlik zaharlandi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_410773112.jpg)
20-iyulga o‘tar kechasi Tolyatti shahridagi (Samara viloyati) yotoqxonada yashovchi 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi orasida ommaviy kasallanish qayd etildi. Natijada zaharlanish alomatlari bilan 13 kishi Tolyatti shahar 5-sonli klinik shifoxonasiga yotqizildi, ularning ahvoli qoniqarli, deb xabar bermoqda TASS.
Ushbu fakt bo‘yicha prokuratura tekshiruv o‘tkazmoqda.
Tekshiruv davomida Tolyatti markaziy okrugi prokurori Ramis Sabirzyanov chet el fuqarolariga ularning turar joyi va ovqatlanishini tashkil qilishda xizmat ko‘rsatish sohasidagi faoliyatning qonuniyligini baholaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter