Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rektor kitob do‘koni ochdi

Rektor kitob do‘koni ochdi

Samarqand Davlat universitetida “Kitoblar olami ”savdo do‘konining filiali ish boshladi. E’tiborlisi, qisqa vaqt ichida ushbu ma’rifat markazi 4000 ga yaqin ilmiy, badiiy, xuquqiy kitoblar, Prezident asarlari shuningdek, abituriyent va talabalar uchun o‘quv qo‘llanmalar bilan boyitildi.

–Bu ma’rifat markazi SamDU rektori Rustam Xolmurodovning tashabbusi evaziga barpo etildi, – deydi Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari Akbar Mahmudov. –Do‘konining yana bir qo‘layligi shundaki, bu yerda talabalar uchun o‘quv zali tashkil etilgan. Talabaning kitobni sotib olishga imkoniyati bo‘lmasa, uni shu yerda o‘qib ketishi mumkin.

Tadbirda “Kitob olami” savdo do‘koni filiallarini viloyatning barcha tumanlarida ochilishi ta’kidlab o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring