Rasmiy bayonot: O‘zbekiston xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etmayapti
So‘nggi paytlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston harbiylarining xorijiy davlatlar armiyasiga jalb qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 125-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Mudofaa doktrinasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyillariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida xorijiy davlatlarning harbiylashgan organlariga xizmatga kirish uchun javobgarlik belgilangan.
Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi, shu jumladan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari, mamlakatdan tashqarida harbiy harakatlarda qatnashmaydi. O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatchilarni yollash boshlangani haqidagi tarqalgan yolg‘on ma’lumotlarning haqiqiy asosi yo‘q, — deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter