Qurilish ishchilari o‘sha yerda vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yiladi
Qurilish ob’yektlarida ishlash maqsadida kelgan shaxslar mazkur joylarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024 y.) bilan Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Unga ko‘ra, Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish ob’yektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu ob’yektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish ob’yektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat’iy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter