Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda biryo‘la to‘rt nafar mahbus vafot etdi

Qozog‘istonda biryo‘la to‘rt nafar mahbus vafot etdi

Foto: «Narodnaya Pravda»

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatidagi koloniyada 20-mart kuni bir vaqtda to‘rt nafar maxbus, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra «organik erituvchidan zaharlanish tufayli»  vafot etgan. Bu haqda «Tengrinews.kz» nashri xabar bermoqda.

Jazoni ijro etish tizimi qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, jabrdiydalar  ko‘proq — ulardan ayrimlari reanimatsiyaga yotqizilgan.

«Oqshom payti bir guruh mahkumlar koloniyaning sanoat zonasida ish joyida bo‘lgan vaqtida asosini spirt tashkil qilgan kimyoviy mahsulot(646 erituvchisi)ni iste’mol qilishadi va og‘ir zaharlanadilar. Tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan barcha mahbuslar zudlik bilan olib chiqilgan va Avliyoko‘l tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay to‘rt nafar mahbusning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi», — deya xabar beradi mahalliy OAV qo‘mita tarqatgan ma’lumotlarga asoslangan holda.

Xabarlarga ko‘ra, ayni damda shifoxonada yana to‘rt nafar mahbus bor: uch nafari reanimatsiyada, bittasi oddiy palatada. Mahbuslarning o‘limi fakti bo‘yicha sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring