Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaralarini ochadi
Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli mamlakat chegarasini kesib o‘tish bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanadi. Bu haqda mamlakat hukumati saytida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 11 apreldan boshlab Qozog‘istonning O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi chegara o‘tkazuv punktlarida fuqarolarning chegarani kesib o‘tishiga nisbatan kiritilgan cheklovlar bekor qilinadi.
Bundan tashqari, aviaqatnovlar orqali kirishga qo‘yilgan barcha cheklovlar ham olib tashlanadi.
Chegaradan o‘tishda PZR-test manfiy chiqqani yoki koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatni ko‘rsatish talabi saqlab qolinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter