Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston bilan chegaradagi uylar buzilmoqda

Qozog‘iston bilan chegaradagi uylar buzilmoqda

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlarida ayrim ob’yektlar buzilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining «Toshkent tumani hududida Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida»gi, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarorlari bilan Toshkent tumanining chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy ob’yektlari buzilmoqda.

«Chegarani mustahkamlash, muhofazasini ta’minlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, to‘siqlar, chegara yo‘llari ko‘priklar va boshqa ob’yektlar bunyod etiladi.

Mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan», deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.

Avvalroq Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi tayyorlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring